Xorazm viloyati, Xiva sh. Binokor mahallasi, Tolzor ko'chasi, 11-uy

Istanbul shahrida Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik (CAREC) dasturi doirasida “Yashil ko‘nikmalarni rivojlantirishni mustahkamlash” loyihasi bo‘yicha Ko‘nikmalarni rivojlantirish ishchi guruhining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri kotibiyati boshlig‘i Inatillo Ne’matov hamda Kasbiy ta’lim agentligi boshqarma boshlig‘i Farrux Azimov tomonidan mamlakatimizda oliy va kasbiy ta’limda “yashil ko‘nikmalar”ga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlarini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan taqdimot ma’ruzalar qilindi.
Mazkur taqdimotda: 
-“yashil” iqtisodiyot uchun kadrlar tayyorlash;
-kasbiy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish;
-qisqa muddatli kurslar va mikro-kvalifikatsiyalarni joriy etish;
-ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar keng yoritildi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Xiva sh. Binokor mahallasi, Tolzor ko'chasi, 11-uy
  • +998 (62) 377-34-89
  • info@xiva-khm.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Июнь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930 

Yil dasturi

Politexnikum manzili