Xorazm viloyati, Xiva sh. Binokor mahallasi, Tolzor ko'chasi, 11-uy

Nukus shahrida Innovatsion texnologiyalar universiteti yangi binosining tamal toshi qoʻyildi. Mazkur loyiha hududda oliy taʼlim infratuzilmasini yanada rivojlantirish, yoshlar uchun zamonaviy taʼlim sharoitlarini yaratishga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi.
Tantanali marosimda Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari Bayram Otemuratov, Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi qoʻmita raisi Murat Atamuratov, ishtirok etdi. Tadbir davomida taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, nodavlat taʼlim muassasalarini rivojlantirish va ularning sifatini oshirishga qaratilgan ishlar alohida taʼkidlandi.
Loyiha qiymati 10 mln AQSH dollarini tashkil etadi. Yangi oʻquv majmuasi 10 ming nafar talabani qamrab olish imkoniga ega boʻlib, unda zamonaviy oʻquv binolari, laboratoriyalar va amaliy mashgʻulot xonalari barpo etiladi. Shuningdek, 1000 oʻrinli talabalar yotoqxonasi, sport zali va maxsus maydonchalar qurilishi rejalashtirilgan boʻlib, talabalar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratiladi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Xiva sh. Binokor mahallasi, Tolzor ko'chasi, 11-uy
  • +998 (62) 377-34-89
  • info@xiva-khm.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Июнь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930 

Yil dasturi

Politexnikum manzili